13:56 / 02.10.2016
8 076

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda. Tumanlarda etishtirilgan paxtaning 70 foizi tumanlarning o‘zida qayta ishlanadi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda. Tumanlarda etishtirilgan paxtaning 70 foizi tumanlarning o‘zida qayta ishlanadi

O‘zbekiston Prezidenti v. b., bosh vazir Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi hamda mazkur hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati bilan yaqindan tanishdi, deb yozmoqda "Kun" nashri. Ushbu safarga bag‘ishlangan telereportaj «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida namoyish etildi.

Dastlab, Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi eng yirigi bo‘lmish Shirin shahrida joylashgan, O‘zbekiston energetika tizimining markaziy qismida iste’molchilarni elektr bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadigan Sirdaryo IESga borgan.

1972-80 yillarda qurilib, 1981 yili foydalanishga topshirilgan Sirdaryo IES har birining quvvati 300 megavattga teng bo‘lgan 10ta energoblokdan iborat (umumiy quvvati – 3050 megavatt). Stansiya har yili respublikaning yagona energetika tizimiga 16,1 milliard kilovatt-soat yoki O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 32 foizini beradi.

Tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev mutaxassislar bilan mavjud energobloklarni texnik qayta ta’mirlash hisobidan IES quvvatlarini oshirish masalalarini muhokama qilgan. IES ishi samaradorligini darajada oshirish va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxini tushirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan. Iste’mol qilingan energiya haqining vaqtida to‘lanishiga erishish uchun elektr energiyani hisoblashni avtomatlashtirishni joriy qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
[media=https://youtu.be/TeOlFyclK7w]
Shavkat Mirziyoyev viloyat markazi Guliston shahrida, 1 oktyabr kuni ishga tushirilgan «Guliston Medtexnika» O‘zbekiston–Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrifni amalga oshirgan. Qo‘shma korxona uchun 7,3 million AQSh dollari investisiya kiritilgan, u Janubiy Koreya uskunalari bilan jihozlangan. Korxona yiliga 216 million dona bir martalik shpris va 26 million infuzion tizimlar chiqaradi. Korxona mahsulotlari ham ichki, ham tashqi (MDH mamlakatlariga) eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Prezident vazifasini bajaruvchi Gulistondagi kam ta’minlangan oilalar uchun zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar qurish loyihalari bilan ham tanishib chiqqan. Bu majmualar tegishli ijtimoiy infrastrukturaga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Keyin esa Shavkat Mirziyoyev Guliston tumanidagi paxta dalalarida bo‘lib, fermerlar bilan suhbatlashgan. Suhbat chog‘ida bosh vazir paxta etishtiruvchi barcha tumanlarda etishtirilgan 70 foizi tumanlarning o‘zida qayta ishlanishi rejasi mavjudligi haqida aytib o‘tgan.

«Biz qaror tayyorlayapmiz. Paxta etishtiradigan har bir tuman o‘zi etishtirgan paxtaning 70 foizini qayta ishlaydi. Fabrikalar quramiz. Buyum chiqariladigan, tayor mahsulotlar ishlab chiqariladigan. Fermerlar bu tekstil kombinatlarining ishtirokchilari bo‘ladi. Keladi shu kunlar. Avval fermerlik bo‘lmydi derdik, keldiku bu kunlar. Hamma erga borib odamlar bilan gaplashishdan maqsadimiz bitta - xalqimizning tinchligini ta’minlash. Prezidentimiz yaratib bergan nurli yo‘ldan hech qachon og‘ishmaymiz, shu yo‘lda davom etamiz. Hech kim bizni bu yo‘ldan bu olmaydi, hech qachon sinmaymiz. Prezidentimiz har kuni yonimizda turgandek, maslahat berib turgandek. Xalqimiz rozi bo‘lsa, prezidentimizning niyatlari amalga oshadi, biz butun vujudimiz bilan shunga harakat qilamiz», — degan u.
[media=https://youtu.be/ruh30DemDsQ]
Shuningdek, hududda kam ta’minlangan oilalar uchun uylar qurish masalasi muhokama qilingan. Qayd etib o‘tilishicha, imtiyozli kreditlar, shuningdek, mahalliy xom ashyodan foydalanilishi uy-joyning arzonligini ta’minlaydi. Rejaga ko‘ra, bir, ikki va uch qavatlik yangi uy-joy majmualari har bir qishloq tumanida paydo bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning sirdaryolik faollar bilan uchrashuvida Guliston tumani misolida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kompleks dasturi ko‘rib chiqilgan. Fuqarolar turmush tarzini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu maqsadga shahar va tumanlarning uy-joy, muhandislik-kommunikasion va sosial infrastrukturalar qurish, shuningdek obodonlashtirish va yashillashtirishni ko‘zda tutuvchi istiqbolli bosh rejalari realizasiyasi evaziga erishish ta’kidlab o‘tilgan.

Bundan tashqari, viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish, paxta xom-ashyosini va kechki ekinlarni o‘z vaqtida terib olish hamda sosial infrastrukturani kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash masalalari muhokama qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda. Tumanlarda etishtirilgan paxtaning 70 foizi tumanlarning o‘zida qayta ishlanadi