14:56 / 15.10.2016
7 678

«Navoiy» Markaziy Osiyodagi eng yaxshi EIIZ deb topildi

«Navoiy» Markaziy Osiyodagi eng yaxshi EIIZ deb topildi

fDi Magazine jurnali «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasini Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Nashr dunyoning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonalari ro‘yxatini tuzdi. Mazkur ro‘yxatda «Navoiy» EIIZ «Osiyoda yilning eng yaxshi erkin industrial-iqtisodiy zonasi» nominasiyasida ikkinchi, «Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi erkin industrial-iqtisodiy zonasi» nominasiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, «Navoiy» EIIZ «Osiyoda kichik va o‘rta biznesni jalb etish bo‘yicha yilning eng yaxshi erkin industrial-iqtisodiy zonasi» nominasiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, fDi Magazine jurnali fDi Intelligence tahliliy markazi tomonidan chop etiladi va Financial Times noshirlik guruhi tarkibiga kiradi. Nashr to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar global bozori tahliliga ixtisoslashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Navoiy» Markaziy Osiyodagi eng yaxshi EIIZ deb topildi