Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevdan ibrat olib, fuqarolarning murojaatlarini shaxsan nazoratga olib, ularni hal etishda samarali tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti allaqachon keldi, deb yozmoqda “Diydoraziz” nashri.
“Axir kimdir umid bilan hokimiyat eshigida sarg‘aysa, shundan so‘ng qo‘li biror ishga boradimi? Shunday vaziyatdan keyin uning qalbida tabiiy nish ura boshlagan jamiyatdan norozilik ertaga gazak otib ketmasligiga kim kafolat beradi?!” deyiladi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi imzosi bilan tarqatilgan maqolada.
Masalan, Sirdaryo tumanida yashovchi Mirsaid Nizomov O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasiga o‘zi yashayotgan hududda 5-6 yildan buyon tabiiy gazda muntazam uzilishlari bo‘layotganini aytib yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaatdan keyin tabiiy gaz ta’minoti tez muddatda yo‘lga qo‘yilgan. “Savol tug‘iladi: ushbu tuman mutasaddilari nega mazkur masalani o‘z vaqtida o‘rganib, tezda chora ko‘rmadi? Yoki ular Bosh vazirga murojaatdan so‘nggina bu erda gaz quvurlari chindan ta’mirtalab ekanini bilib qolishdimi?..” deya savolga tutiladi mas’ullar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi