O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga qo‘ng‘iroqlar soni keskin ortib boratgani sababli, aholidan https://pm.gov.uz sayti orqali hatlarni jo‘natilishi maqsadga muvofiq bo‘lishi aytilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga qo‘ng‘iroqlar soni keskin ravishda o‘sib bormoqda, natijada 19 oktyabr kuni bir sutka davomidagi qo‘ng‘iroqlar soni 19 mingdan ortdi. Bularning barchasi murojaat yuborish emas, balki murojaatlarning holatini aniqlashtirish bilan ham bog‘liq. Ushbu holatda xizmat sifatini yaxshilash maqsadida operatorlar soni doimo orttirib borilayapti, lekin shu bilan birgalikda aynan qo‘ng‘iroq ko‘p bo‘ladigan vaqtlarda 1000 telefon raqamida navbat kutish holatlari kuzatilmoqda.
Shu sababli, murojaatlar imkoni boricha https://pm.gov.uz sayti orqali yuborilishi hamda holati tekshirilishi maqsadga muvofiq.
Mabodo Internetdan foydalanishga imkoniyat bo‘lmay qolgandagina telefon orqali, aynan qo‘ng‘iroqlar kamroq bo‘ladigan vaqtda murojaat yuborgan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!