7 765
Tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Internet orqali tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat etuvchi hujjatlarni topshirish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish» mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Terabayt.uz yozmoqda.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, huquq va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullaev, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov va boshqalar tadbirda chiqish qildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon ijrosi doirasidagi vazifalar muhokama etildi.
Tadbirda tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirishga doir takliflar bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?