17:30 / 12.03.2015
9 350

Rahmatilla Mirzaevning singlisi: Akam suyangan tog‘imiz edi

Rahmatilla Mirzaevning singlisi: Akam suyangan tog‘imiz edi

Rahmatilla Mirzaevning vafoti bilan bog‘liq mish-mishlarning kundan-kunga palak yoyishi uning oila a’zolarini ham befarq qoldirmayapti, albatta. Bu vaziyatda ularning hali bitmagan yarasini tirnab, diktofon tutish opson bo‘lgani yo‘q, deb yozadi «Darakchi» gazetasi.

«Bir necha yil avval avtobusda onam bilan buvimlarnikiga ketayotganimizda orqa o‘rindiqda o‘tirgan ikki ayolning suhbati qulog‘imizga chalindi. «Eshitdingmi, diktor Rahmatilla Mirzaevni o‘ldirib ketishibdi», − dedi biri ikkinchisiga. Aslida akamning oshqozoni bezovta qilib, shifoxonada davolanayotgandi. O‘shanda bu sovuq xabarni eshitgach, onam bilan shifoxonaga uchib borganmiz.

Akam opam va mening suyangan tog‘imiz edi. Chidaymizda, taqdir ekan! Odamlar bilib-bilmay, xuddi o‘zi guvoh bo‘lgandek turli bo‘htonlarni o‘ylab topaverishar ekan! Akam fojiali o‘lim topdi. Ayni shu vaziyatda yonimizda bo‘lib, ko‘cha-ko‘ydagi, internetdagi tuhmat gaplarga ishonmay bizni qo‘llab-quvvatlayotganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», − dedi Rahmatilla Mirzaevning singlisi Malika Xolmatova.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rahmatilla Mirzaevning singlisi: Akam suyangan tog‘imiz edi