23:45 / 28.10.2016
7 374

Amnistiya bilan jazodan ozod qilingan shaxslar ijtimoiy hayotga moslashtiriladi, ish bilan ta’minlanadi

Amnistiya bilan jazodan ozod qilingan shaxslar ijtimoiy hayotga moslashtiriladi, ish bilan ta’minlanadi

2016 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturada joriy yilning 26 oktyabr kuni mazkur Qaror ijrosini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat sudlari, prokuratura organlari, adliya, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, mehnat vazirliklari, davlat soliq va bojxona qo‘mitalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’ul xodimlari, shuningdek, Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tadbirda amnistiya aktining mazmun-mohiyati tushuntirildi, Qarorning qo‘llanilishi tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishini ta’minlash va bu borada parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek kelgusida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlarning mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Amnistiya aktiga asosan, jazodan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari hamda ularning qayta jinoyat sodir etmasliklari uchun ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash idoralari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari o‘zaro hamkorlikda ish olib borishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi idoralar tomonidan amnistiya akti ijrosini o‘z vaqtida, samarali va uyushqoqlik bilan ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Amnistiya bilan jazodan ozod qilingan shaxslar ijtimoiy hayotga moslashtiriladi, ish bilan ta’minlanadi