12:14 / 03.11.2016
8 096

3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda havo keskin o‘zgaradi

3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda havo keskin o‘zgaradi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda ob-havo keskin ravishda o‘zgarishini xabar qildi.

Respublikamiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 3 noyabr harorat keskin tushib, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 4 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.

Shamol sharqdan g‘arbga sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.

Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatimiz shimolida harorat 5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Poytaxtimiz Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan g‘arbga shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechgi vaqtga qadar +2-+7 darajagacha tushadi.

4-5 noyabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab harorat kechasi +2 darajagacha tushishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 1-2 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda havo keskin o‘zgaradi