O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
«Mahalliy vaqt bilan 2016 yil 5 noyabrga o‘tar kechasi Hyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi», — deyiladi bayonotda.
Tashqi ishlar vazirligi marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etgan.
«Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a’zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi», — deb ta’kidlanadi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi