19:39 / 14.03.2015
6 622

Qarshida navbatsiz mashina xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro 19 million so‘m-u 800 dollarini firibgarga tutqazdi

Qarshida navbatsiz mashina xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro 19 million so‘m-u 800 dollarini firibgarga tutqazdi

Bir fuqaro avtomobil xarid qilishni niyat qildi, biroq mashina olish bilan bog‘liq navbatlar haqidagi mish-mishlar uni o‘ylantirib qo‘ydi. Shunday kunlarning birida qizidan Qarshi tumanining Shilvi qishlog‘idan bo‘lgan yigitning avtosalonda tanishlari borligi, navbatsiz mashina olib berishi mumkinligini eshitib, u bilan uchrashdi, deb xabar beradi «Huquq» nashri.

Yigit bu ishning biroz xarajati borligini aytib, 2014 yil yanvarida 1 million 100 ming so‘m va 300 AQSh dollari oldi. Oradan biroz vaqt o‘tib, yigit mashina to‘lovini amalga oshirish uchun pulning qolgan qismini ham olib kelishini aytdi. Shu tariqa, qizning otasi 17 million 900 ming so‘m va 500 AQSh dollarini firibgarning qo‘liga tutqazdi. Biroq oradan oylar o‘tsa-da mashinadan darak bo‘lmadi.

Yigit navbatdagi yolg‘onini qaynonasiga ishlatdi. Uning o‘g‘liga tanishlari orqali Qarshi iqtisodiyot kollejining diplomini olib berishi mumkinligini aytib, 350 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi.

2014 yil 18 iyul kuni yigit ishga borish uchun ko‘chaga chiqqan qizni kutib oldi. Yigitni 2011 yildan beri tanigan qiz undan katta ekanligiga qaramay, yigitga muhabbatga o‘xshagan iliq hislar bilan qarardi. Xullas, yigit unga ishongan qizni aldab, taksi to‘xtatdi. Qiz yigitning bejoligidan uning asl maqsadini fahmlay boshladi va haydovchiga yigit uni zo‘rlamoqchi ekanligini aytib, yordam so‘radi. Avtomobil to‘xtagach, yigit qizni sudrab, bir xonadonga olib kirdi va qizning qarshiliklariga qaramay, o‘zining qabih maqsadiga erishdi. Bu vaqtda taksi haydovchisi yaqin oradagi IIB xodimlariga voqeani etkazdi. Ular zudlik bilan kerakli manzilga etib bordi, biroq endi kech edi.

2014 yil 18 sentyabr kuni yigit qishloqdoshining daraxtga bog‘lab qo‘yilgan sigiriga ko‘zi tushdi. Atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, sigirni birovning uyiga etaklab bordi. Sigir egasi moli yo‘qolganini aytib, IIB xodimlariga murojaat qildi. Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida o‘g‘ri aniqlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi yigitdan avtomobil sotib olishni maqsad qilib, aldangan jabrlanuvchi foydasiga 19 million 500 ming so‘m moddiy zararni undirish, shuningdek, unga uzoq vaqt davom etgan jinoiy ishlari uchun 8 yilga qamoq jazosini tayinlash haqida hukm chiqardi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qarshida navbatsiz mashina xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro 19 million so‘m-u 800 dollarini firibgarga tutqazdi