21:24 / 16.03.2015
7 591

O‘zbekiston joriy yilda 57,3 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi

O‘zbekiston joriy yilda 57,3 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi

O‘zbekistonda 2015 yilda ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinishi rejalashtirilayotgan elektr energiya miqdorlari aniqlashtirib olindi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2015 yilda ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan elektr energiya balansi to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu qaror joriy yilda elektr energiya ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi, energetik resurslar muvozanatlashishini oshirish va bu asosda korxonalar va aholining elektr energiya ehtiyojlarini to‘liq qondirish, respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining barqaror ishlashi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilindi.

Prognozlarga ko‘ra, yil davomida 57,3 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bunda “O‘zbekenergo” DAK korxonalari hisobiga ishlab chiqariladigan elektr energiyaning katta qismi – qariyb 55,8 mlrd. kVt-soat to‘g‘ri keladi. Qolgan 1,5 mlrd. kVt-soat elektr energiya alohida stansiyalar va blokstansiyalar tomonidan ishlab chiqariladi.

Joriy yilda respublika miqyosida 55,8 mlrd kVt-soat elektr energiya iste’mol qilinishi kutilmoqda. Bundan iqtisodiyot sohalari ehtiyojlariga qariyb 10,5 mlrd kVt-soat, qolgan iste’molchilar va aholi hisobiga 45,2 mlrd kVt-soat elektr energiya yo‘naltiriladi. Qo‘shni davlatlarga 1,5 mlrd kVt-soat elektr energiya eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston joriy yilda 57,3 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi