7 085
Qoraqalpog‘istonlik 113 yoshli «kartoshkachi momo»: «Uzoq umr ko‘rishning sirini men qayerdan bilay?»
1902 yilning 1 iyulida tavallud topgan Xudoyberganova Bikaxon momo Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l shahri, O‘zbekiston ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi, deb xabar beradi «Bekajon» nashri.
To‘rt nafar farzandning onasi bo‘lgan 113 yoshli momo hozirgi kunda 70 nafardan ziyod nevara, chevara-yu evaralarning izzat-ikromida umrguzaronlik qilmoqda.
Momo o‘z yoshligini yodga olar ekan, kuch-g‘ayratga to‘lib turganida nimaiki mehnat bo‘lsa, qilib ketaverganini aytdi: «Kolxozda ertadan kechgacha tinim bilmay ishladim, ketmon bilan er chopdim, paxta ekdim, arava haydab, qo‘sh qo‘shdim, kanal qazdik».
Qayd etilishicha, momoning hamqishloqlari uni «kartoshkachi momo» deb atar ekan. Chunki u etishtirgan kartoshka navlari boshqalarnikidan farq qilib, ancha shirin bo‘lib pishar ekan.
Bikaxon momo uzoq umr ko‘rishning sir-u sinoati nimada ekanligi bilan bog‘liq savolga quyidagicha javob berdi: «E, bolam, men qayerdan bilay? Yoshligim mehnat bilan birpasda o‘tib ketib, pensiyaga chiqqanimni bilmay ishlayveribman. Bir kuni kolxoz buxgalteri pensiyamni qo‘limga tutganida hayron bo‘lganman-da».
«Qornimiz to‘yib ovqat emasak-da, sabr-qanoat qilganmiz. Shukur qilib yashaganmiz», – dedi momo.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi