12:27 / 17.03.2015
7 654

O‘zbekiston 2015 yilda Afg‘onistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektr energiya eskport qiladi

O‘zbekiston 2015 yilda Afg‘onistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektr energiya eskport qiladi

O‘zbekiston 2015 yilda Afg‘onistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektroenergiya eskport qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari hukumat Qarori bilan tasdiqlangan, deya xabar bermoqda 12news.uz.

Tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari balansiga ko‘ra, 2015 yilda ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 50,5 mlrd kVt/soat miqdori issiqlik elektr stansiyalari, qolgan 5,1 mlrd kVt/s gidro elektr stansiyalari hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston 55 mlrd kVt/soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqargandi. Bu yil o‘sish sur’ati 2,33 foizni tashkil qiladigan bo‘ldi. Ishlab chiqarish hajmi miqdori ham 2,3 foizga o‘sadi. Tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha ko‘rsatkich 123,9 foizni tashkil qiladi.

Qayd etib o‘tish joiz, O‘zbekiston Afg‘onistondan tashqari Turkmaniston, Eron va Tojikistonga elektr energiyasini eksport qiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston 2015 yilda Afg‘onistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektr energiya eskport qiladi