08:13 / 26.11.2016
7 090

O‘zbekiston dori-darmon xarid qilish borasida Rossiyaga murojaat qildi

O‘zbekiston dori-darmon xarid qilish borasida Rossiyaga murojaat qildi

O‘zbekiston Rossiyadan dori-darmon etkazishda ko‘mak so‘radi. O‘zbekiston asosiy dori-darmonlarga ehtiyoj sezmoqda, biroq valyuta kursidagi muammolar sababli Rossiya farmasevtik kompaniyalari O‘zbekiston bozorini egallashga hozircha tayyormaslar, deb aytmoqdalar mutaxassislar. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligining 2016 yil 10 noyabrdagi maktubida Rossiyadan dori-darmon va tibbiy buyumlar xarid qilishda yordam ko‘rsatish so‘ralgan. Ushbu maktubga 167 ta dori va 22 ta tibbiy buyum nomidan iborat ro‘yxat ilova qilingan.

Maktubda vazirlik Rossiyaning mutasaddi idoralaridan ushbu ro‘yxatni Rossiya farmasevtik kompaniyalariga topshirishni so‘ragan. Toshkentning fikricha, Rossiya kompaniyalari bu so‘rovga javob qaytarib, dori-darmonlar bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim qilishlari kerak.

O‘zbekiston valyuta konvertasiyasidagi muammolar sababli zaruriy tibbiy mahsulotlar xarid qilishda murakkabliklarga duch kelgani tufayli shunday maktub bilan murojaat qilgan, deb tushuntirmoqda Rossiya farmasevtika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bosh direktori Viktor Dmitriev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston dori-darmon xarid qilish borasida Rossiyaga murojaat qildi