01:42 / 27.11.2016
8 120

Plastik kartani naqdlashtirish muammosiga hukumat diqqatini qaratdi

Plastik kartani naqdlashtirish muammosiga hukumat diqqatini qaratdi

22 noyabr sanasi bilan etib kelgan 265-sonli hukumat telegrammasining nusxasida tovarlarni plastik kartaga sotaëtganda qimmat narx belgilash kabi holatlar e’tirof etilgan, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Unda plastik karta orqali hisob-kitob qilishda naqd pulga nisbatan 20-25 foizga qimmat haq talab qilinishi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi aytib o‘tilgan.

Ushbu telegramma O‘zbekistonning viloyatlari hokimlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yo‘llangan. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. Parpiev, Markaziy bank raisi Mullajonov va boshqa tegishli mas’ullar nomi keltirib o‘tiladi.

Bu hujjatda plastik kartani naqdlashtirish bilan bog‘liq salbiy holatlar yuz bergan taqdirda hududdagi rahbarlar javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan.

So‘nggi yillarda plastik kartani naqdlashtirish muammosi pishib etilganini kuzatish mumkin. Banklarda naqd pul etishmovchiligi odatiy holga aylangan. Mamlakatning turli hududlarida joylashgan savdo markazlari plastik kartaga tovarlarni yuqori narxda, naqd pulga esa past narxda sotishni yo‘lga qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Plastik kartani naqdlashtirish muammosiga hukumat diqqatini qaratdi