O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarini yanada takomillashtirish borasida navbatdagi qadam tashlandi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 21 noyabrda Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukusdagi filiallarini qayta tashkil etishga doir qaror qabul qildi. Qaror matni Lex.uz saytida e’lon qilingan.
Ular o‘rniga Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari, shuningdek, Toshkent pediatriya institutining Nukus filialida stomatologiya fakultetlari ochiladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, hujjat stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, stomatolog-mutaxassislarni nazariy tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan.
Endilikda, to‘rtta filialda tahsil olayotgan talabalar ta’lim shakli saqlangan holda yangi fakultetlarda o‘qishni davom ettirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti 2014 yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti negizida tashkil etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan