21:41 / 04.12.2016
6 321

O‘zbekistonda ovoz berish jarayoni yakunlandi

O‘zbekistonda ovoz berish jarayoni yakunlandi

Soat 20:00 da O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘yicha ovoz berishga yakun yasaldi. Ushbu jarayon hozircha xorij mamlakatlardagi ayrim saylov uchastkalarida davom etmoqda.

Saylov uchastkalarida saylov komissiyasi a’zolari hamda kuzatuvchilar ishtirokida plombalar ochilib, ovozlarni sanash boshlandi.

19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 17,7 millionga yaqin kishi yoki jami saylovchilarning 86,62 foizi ovoz bergan edi. Ovoz berganlarning soni bo‘yicha dastlabki yakuniy natijalar 22:00 dan so‘ng e’lon qilinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ovoz berish jarayoni yakunlandi