Toshkent shahrining sobiq hokimi Kozim To‘laganov mamlakatning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan Davlat nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. Bu ma’lumot Kun.uz nashrining savollariga javob qaytargan boshqarmadagi manba tomonidan tasdiqlandi.
Kozim To‘laganov 1997-2001 yillarda Toshkent shahar hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagandi.
(chapdan Kozim To‘laganov, marhum birinchi prezident Islom Karimov, marhum Bosh vazir O‘tkir Sultonov ).
Ma’lum qilinishicha, yangi saylangan prezident Kozim To‘laganovning qurilish sohasidagi ulkan tajribasini inobatga olib, hukumat tarkibiga qaytargan.
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev saylovoldi kampaniyasi doirasida 24 noyabr kuni Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashgan va poytaxtni rivojlantirish dasturi haqida ma’lum qilgandi. Shundan keyin Kozim To‘laganov Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasidagi olti boshqarmadan birining boshlig‘i etib tayinlangan.
Shavkat Mirziëev To‘laganov zimmasiga poytaxtni rivojlantirish dasturi ustidan nazorat etish vazifasini topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu dastur doirasida 2017-2022 yillarda Toshkent shahrining Sergeli dahasida zamonaviy talablarga javob beruvchi 500ta ko‘pxonali uylar qurish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, dasturda poytaxtda istirohat bog‘lari, yashil hududlar barpo qilish, metro yo‘nalishlari bo‘yicha qurilishlarni tezlashtirish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi