16:25 / 08.12.2016
7 297

Hokimlarni endi xalq o‘zi saylaydimi?

Hokimlarni endi xalq o‘zi saylaydimi?

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida, xalq manfaatlari va rahbarlarning jamiyat oldidagi ma’suliyati borasida dolzarb firklar bildirildi. Hamda keyinchalik mahalliy hokimlarni xalq tomonidan saylash masalasi ko‘tarildi.

Ma’ruzada shunday deyiladi «Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylash masalasi haqida ham o‘ylab, muhokama qilib ko‘rishimiz kerak. Har bir hudud o‘z rahbarini o‘zi saylasa, rahbarlarning xalq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini keskin oshirishga erishish mumkin.

Bu borada 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning o‘ziga xos bo‘lmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda xodimlar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq tadbirlar amalga oshiriladi.

Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz.

Shu bilan birga, davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratiladi.

Ana shu masalalarning barchasi yaqinda ishlab chiqiladigan “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topadi».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hokimlarni endi xalq o‘zi saylaydimi?