15:00 / 10.12.2016
8 277

Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan milisionerlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan milisionerlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qildi

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlariga qat’iy chora ko‘rilishini aytib o‘tdi. Bu haqda u O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ma’lum qilgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko‘riladi.

“Bunga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak”, - ta’kidlab o‘tdi Mirziyoyev.

Shuningdek, saylangan Prezidentning aytishicha, huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlik keng yo‘lga qo‘yiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan milisionerlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qildi