Prezident «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ishlab chiqish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy choralar to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekdi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida xabar qilindi.
Bir oy muddatda tayyorlanishi lozim bo‘lgan dasturdan ko‘zlangan maqsad — «mamlakatda demokratlashtirish va inson huquqlari, erkinligi va manfaatlarini ta’minlash, xususan munosib turmush tarzini yaratish jarayonining sifat va samaradorligini oshirish, ularni amalga oshirishda davlat organlari roli va javobgarligini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish, murojaatlar bilan ishlashning yangi samarador mexanizm va usullarini joriy etish, fuqarolarni tashvishga solayotgan hayotiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish, «inson manfaatlari — har narsadan ustun» oliyjanob g‘oyasini hayotga izchillik bilan tadbiq etish»dan iborat.
Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi respublika komissiyasi tashkil etildi. Vazirliklar, mahkamalar, joylardagi davlat hukumati organlari, xo‘jalik birlashmalari, jamoat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlardan kelib tushgan material va takliflar ishchi guruhi tomonidan umumlashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi