16:58 / 20.12.2016
7 724

Samarqand quyosh elektr stansiyasini xitoyliklar barpo etadi

Samarqand quyosh elektr stansiyasini xitoyliklar barpo etadi

O‘zbekistonning Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha tenderda Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi g‘olib deb topildi. Ushbu kompaniya Markaziy Osiyodagi birinchi muqobil energiya stansiyasini qurib beradi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 iyundagi “Samarqand viloyatida quvvati 100MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” investision loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2183-sonli qarori ijrosi doirasida va idoralararo tender kengashining 2016 yil 27 oktyabrdagi qaroriga binoan Samarqand viloyatida qurilayotgan 100MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatasiya qilish bo‘yicha asosiy pudratchi deb “Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd” kompaniyasi belgilandi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu tender 2014 yil oktyabr oyida e’lon qilingan edi. Uni qurib, foydalanishga topshirish uchun 2 yil vaqt talab etilishi mumkin. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha konsalting xizmatini Germaniyaning GOPA International Energy Consultant, Suntrace va Renewables Academy firmalari ko‘rsatadi.

“O‘zbekenergo” ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqadagi birinchi shunday elektrstansiya yiliga 200 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kerak. 275,8 mln AQSh dollari miqdoridagi loyiha Osiyo taraqqiyot banki va O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondining 110 mln dollarlik kreditlari hamda “O‘zbekenergo”ning 55,8 mln dollar miqdoridagi o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi.

Umuman, 2020 yilgacha O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi kerak. Ularning jami quvvati 300 MVtni tashkil etadi. Samarqanddan tashqari, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham shu kabi stansiyalar quriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand quyosh elektr stansiyasini xitoyliklar barpo etadi