Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga tashrifi davomida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi. U Samarqand shahriga bugun kelmoqda, deb xabar beradi "Kun.uz" nashri qirg‘iz davlat rahbari ma’muriyati vakiliga asosan.
“Almazbek Atambaevning O‘zbekistonga 24 dekabr kuniga mo‘ljallangan ishchi tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Unda davlat rahbarlari bir qator ikki tomonlama masalalarni muhokama etishadi”, - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi.
Qirg‘iziston rahbari devonining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Sapar Isoqovning ma’lum qilishicha, Atambaev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qilinadigan birinchi xorij davlat etakchisi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Muhammadqalim Abulg‘oziev boshchiligidagi hukumat delegasiyasi O‘zbekistonning Andijon shahriga kelgandi. Keyinroq esa O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi delegasiya ham ushbu davlatga tashrif buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring