Qirg‘iziston davlat rahbari Almazbek Atamboyev o‘zining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida yangi Chevrolet Captiva avtomobiliga o‘tirib ko‘rdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari «JV MAN Auto – Uzbekistan» o‘zbek-german qo‘shma korxonasiga tashrif buyurgani haqida avval xabar bergan edik. Bu erda, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi.
Mazkur zavodda 50dan ortiq turdagi transport vositalaridan yiliga 3 mingdan ortiq ishlab chiqiladi. Ushbu zavodda yig‘ilgan yuk va maxsus avtomobillar Ozarboyjon, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.
Ko‘rgazma pavilonlarida O‘zbekiston avtosanoatida ishlab chiqiladigan barcha mahsulotlar, xususan, yengil avtomobillar ham namoyish etildi.
«Mashinalar arzon va yaxshi», - degan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtomobillarni qirg‘iz hamkasbiga namoyish etar ekan.
«So‘nggi to‘rt yilda Bishkekdagi mashinalar soni 4 marta oshdi», - degan Atamboyev bunga javoban.
«Mana bu so‘nggi avlod Nexia, mutlaq yangi», - deya qayd etgan Shavkat Mirziyoyev.
«Chiroyli mashina», - deb aytgan Atamboyev.
«Mana bunisi Chevrolet Malibu. Shanba-yakshanba kunlari o‘zim shunda yuraman. Juda qulay», - deb qayd etgan Shavkat Mirziyoyev, qirg‘izistonlik hamkasbini boshqa bir avtomobil Chevrolet Captiva modeliga o‘tirib ko‘rishni taklif qilgan.
Shundan so‘ng, davlat rahbarlari ikkinchi pavilonga o‘tishdi. Bu erda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan plastik romlar, xo‘jalik texnikalari, tekstil, gilamlar, dori-darmonlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi.
Mirziyoyevning Atamboyev bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda qayd etishicha, zavodda O‘zbekiston ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar ko‘rsatilmagan.
«Ko‘p narsani sizning Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelishingizga olib qo‘ydim», - degan Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi