21:13 / 25.12.2016
6 464

Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga ta’ziyanoma yo‘lladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

«Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni og‘ir qayg‘u bilan qabul qildim», — deyilgan murojaatda.

«Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so‘rayman», —deya qayd etilgan ushbu ta’ziyanomada.

Qayd etish kerakki, noxush voqea uchun prezident ta’ziyasi ko‘p vaqtlardan buyon bugun birinchi marta halokat sodir bo‘lgan kunning o‘zida bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi