Jahon turistik sanoati etakchilari Financial Times nashriga 2017 yilda sayohatchilarga qiziqish tug‘diruvchi eng muhim yo‘nalishlar haqida ma’lumot tayyorlab berishdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda Nepaldan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.
“Mijozlarimiz noyob joylarga bo‘lgan uzoq safarlarga ko‘proq borishmoqda va Ipak yo‘li mamlakatlari hozirgi kunda eng qiziq yo‘nalish sifatida tan olindi”, - deya aytib o‘tdi Wild Frontiers turistik firmasi vakili Jonn Bilbi.
Uning ta’kidlashicha, bunday turlarga bo‘lgan talab Ipak yo‘li haqida so‘nggi paytlarda chiqarilgan kitoblar va teledasturlar bilan bog‘liq.
FT ro‘yxatidan Keniya, Finlyandiya, Andaman orollari, Buyuk Britaniya, Madagaskar, Kamboja va Yangi Zelandiya ham o‘rin olgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ipak yo‘li bo‘ylab uzoq muddatli sayohatlarni amalga oshira olmaydiganlar uchun qulay joydir. Mamlakat bu boradagi barcha jihatlarni o‘zida uyg‘unlashtirgan: Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi masjidlar, maqbaralar va minoralar.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, respublika rahbarining turistik sohani yanada jadallik bilan rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi farmoni sabab mamlakatga keluvchilar soni keskin ortadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017 yilning 1 aprelidan boshlab yangi tartib kuchga kiradi. Unga ko‘ra viza rejimi dunyoning 15 mamlakatiga nisbatan butunlay bekor qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatga vizasiz kirish imkoni dunyoning 12 davlatining 55 yoshdan oshgan fuqarolariga ham taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi