Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq, 2016 yilning 29 dekabr kuni soat 11.00 da xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda:
- Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2016 yil 9 oylik ijrosi va 2017 yilga mo‘ljallagan byudjeti parametrlari loyihasi to‘g‘risida;
- Toshkent shahri bo‘yicha 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari to‘g‘risida;
- Toshkent shahrini 2017—2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari prognoz dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2016 yil «Sog‘lom ona va bola yili» davlat dasturining ijrosi to‘g‘risida;
- «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Chilonzor tumani hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida;
- Toshkent shahridagi ba’zi geografik ob’ektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va doimiy komissiyalarining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi