O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga jami 6843 ta murojaat kelib tushgan, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti. Ularning 5011 tasi yozma, 1832 tasi ishonch telefoni orqalidir.
Murojaatlarning aksariyati — 61,3 foizi kommunal sohaga aloqador. 22,2 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 6,5 foizi transport, xizmat va kommunikasiya sohalari hamda 10 foizi boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.
Yozma murojaatlarning 4591 tasi iste’molchilar foydasiga hal etildi, ishonch telefonlari orqali tushgan 1832 ta murojaatdan 1135 tasi ko‘rib chiqildi va tegishli choralar ko‘rildi, qolgan 697 ta murojjat bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar yakuni bo‘yicha jami bo‘lib 2 927,3 mln.so‘m iste’molchilarning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Ulardan 2,4 mlrd so‘mdan ziyodrog‘i (2015 yilda — 996,5 mln so‘m) ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yozma murojaat asosida qayta hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 443,5 mln so‘mi (328,9 mln) ishonch telefoni bo‘yicha qilingan shikoyat va arizalar hissasiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi