1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari daromad solig‘iga tortilmaydigan, eng kam oylik ish haqining 10 barobari (1,5 million so‘m atrofida) miqdoridagi oylik gonorar oladi. Bu Prezidentning 29 dekabrdagi maxsus farmonida ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, bundan buyon FA haqiqiy a’zolarini tasdiqlashni mamlakat Prezidenti prezidium hamda tegishli ilmiy mutaxassisliklar bo‘yicha haqiqiy a’zolar tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiradi.
Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarga bir oy muxlat ichida FA haqiqiy a’zolarini ilmiy-ma’rifiy va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilish, ularning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini chuqurlashtirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, FA haqiqiy a’zolarining ilmiy-ma’rifiy muassasalarda hamda sanoat korxonalarida samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Akademiklarni rag‘batlantirish yo‘llari sifatida ularni har yili Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari sanatoriya-sog‘lomlashtirish muassasalarida, shuningdek, Yalta va Kislovodskdagi «O‘zbekiston» sanatoriyalarida bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi