22:01 / 04.01.2017
10 062

Sergeli tumanida er usti metro qurilishi boshlandi (Foto)

Sergeli tumanida er usti metro qurilishi boshlandi (Foto)

Toshkent shahrining Sergeli tumanida metropoliten yo‘nalishini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Qurilish joylaridan olingan fotosuratlarni Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Domian Barma “Tashkent stroitsya (Tashkent is under construction)” guruhida joylashtirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni ushbu er usti yo‘nalishining uzunligi 8 km atrofida bo‘ladi va Chilonzor yo‘nalishining «Olmazor» metro bekatidan Sputnik mavzesiga qadar davom etadi. Jami 6ta bekat barpo etiladi. U Choshtepa, Mirzo Tursunzoda va Qipchoq ko‘chalaridan Sputnik mavzesidagi Marli ko‘chasiga qadar cho‘ziladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish ishlari 4 yilga yaqin muddatda yakunlanadi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sergeli tumanida er usti metro qurilishi boshlandi (Foto)