02:14 / 08.01.2017
7 006

Qozog‘iston orqali Samarqandga boradigan yo‘l yana ochilishi kutilmoqda

Qozog‘iston orqali Samarqandga boradigan yo‘l yana ochilishi kutilmoqda

6 yanvar kuni Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimiyatida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik Utembaevning O‘zbekiston TIV maxsus topshiriqlar bo‘yicha vakili Ilhom Ne’matov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentni Qozog‘istonning Maqtaorol tumani orqali Samarqand bilan bog‘laydigan M-39 avtoyo‘li 887,8−911,9 kilometrlari qayta ochilishi muhokama qilindi. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qildi.

Bundan tashqari, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Qozog‘iston bosh vazirining investisiyalar va rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Roman Sklyar va viloyat hokimi Janseit Tuymebaev ishtirok etdi. Hokim oliy martabali mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, ishchi guruh faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda, yangilangan avtoyo‘l uchastkasini foydalanishga topshirishdan tashqari, ushbu uchastkada o‘tkazish punktini qurish masalasi muhokama qilindi.

Yo‘l ekspluatasiyaga topshirilgach, toshkentliklar undan foydalanib, Samarqandga tezroq borishi mumkin bo‘ladi. Hozirda Samarqandga Jizzaxdan o‘tadigan aylanma yo‘l orqali borish talab etiladi, bu esa masofani bir qadar uzoqlashtiradi.

Rekonstruksiya ishlari fevralda yakunlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, M-39 avtoyo‘li 2006 yili yopilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozog‘iston orqali Samarqandga boradigan yo‘l yana ochilishi kutilmoqda