16:24 / 02.02.2017
8 758

“Dollar ko‘chasi”da uzoq kutilgan yangilik

“Dollar ko‘chasi”da uzoq kutilgan yangilik

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1 fevral kuni xo‘jalik sub’ektlariga chet el valyutasi tushumini majburiy sotish tartiblariga o‘zgartishlar kiritdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.
Bungacha markazlashtirilmagan eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar xorijiy valyutadagi tushumlarining 50 foizini vakolatli banklarga majburiy ravishda sotgan bo‘lsa, endilikda mahsulotlar va xizmatlar sotuvidan tushgan valyutaning faqatgina 25 foizini majburiy tartibda sotadi.

Istisno tariqasida 16 turdagi mahsulot va xizmat eksportidan tushgan valyutaning 50 foizini sotish majburligi saqlanib qoladi. Mazkur ro‘yxatdan bug‘doy, tabiiy gaz va neftgaz sohasining boshqa mahsulotlari (shu jumladan tranziti), uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va rux, vodorod, nodir gazlar va boshqa metallmaslar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar va boshqalar o‘rin olgan.

Ro‘yxatdan aviatransport xizmatlari, temir yo‘l transporti xizmatlari, telekommunikasion va bank xizmatlari ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, tayyor mahsulotlarni eksport qiluvchi tekstil sohasi korxonalari va o‘zlari ishlab chiqargan mahsulot hamda xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi kichik biznes sub’ektlari valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Dollar ko‘chasi”da uzoq kutilgan yangilik