07:38 / 09.02.2017
13 899

Shavkat Mirziyoyev bu yil Navro‘z qanday nishonlanishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev bu yil Navro‘z qanday nishonlanishini aytdi

Bu yil O‘zbekistonda Navro‘z bayrami keng nishonlanadi, deb aytdi Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida so‘zlagan nutqida.

"Ta’kidlash kerakki, bugungi majlisimizga vazir Ahmedovning (Madaniyat va sport ishlari vaziri B. Ahmedov demoqchi, tahr.) tayyorlab kelgan jonsiz hisobotini men o‘zim ko‘rdim. Hech qanday tanqidga chidamaydi. Bu hisobotda na tahlil, na aniq taklif bor. Aynan shuning uchun ham Ahmedov, sizning madaniyatni rivojlantirishdagi ishlaringiz asosan yubileylarni o‘tkazish bilan cheklanib qolyapti. Siz ham, o‘rinbosarlaringiz ham vaziyatni tubdan yaxshilashga harakat qilmayapsiz.

Biz bu yil Navro‘zni xalq sayli qilamiz. Ana shuni hamma bilsin. Biz hozirdan tayyorgarlik qilaylik. Bu yil odamlar bilan muloqot yili deb e’lon qildik. Navro‘z — sayl bu. Shuning uchun mana hamma rayon hokimlari eshitsin — dalalarda, bog‘larda sayl bo‘ladi. Toshkenda ham mana shu 11ta rayonimizda bog‘lar quryapmiz, biz topshiriq berdik, saylda qatnashamiz hammamiz.

Odamlar emin-erkin xohlagan bog‘iga borsin, mazza qilsin", — dedi Mirziyoyev.
[media=https://youtu.be/2qmS_igkcv0]

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev bu yil Navro‘z qanday nishonlanishini aytdi