17:48 / 18.02.2017
6 306

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga va do‘st Pokiston xalqiga Sind muzofotining Sexvan-Sharif shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi, deb yozmoqda Gazeta.uz nashri.

Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini etkazdi hamda jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.

Payshanba kuni kechqurun Sexvan-Sharifda Lal Shaxboz Qalandar maqbarasi hududida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 90 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 300 dan ziyodi jarohatlandi. Portlash uchun javobgarlikni IShID to‘dasi o‘z zimmasiga oldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi