22:02 / 19.02.2017
5 785

Toshkentdagi «Lukoyl» AYoQShda Rossiyadan keltirilgan yoqilg‘i sotiladi

Toshkentdagi «Lukoyl» AYoQShda Rossiyadan keltirilgan yoqilg‘i sotiladi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida «Lukoyl» (Rossiya) kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi yaqin vaqtlar ichida ish boshlaydi, deb yozadi Kun.uz sayti.

«Lukoyl»ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, kompaniyaning ushbu shoxobchasida Rossiya Federasiyasi hududida joylashgan neftni qayta ishlash zavodlaridan keltirilgan mahsulotlar sotiladi.

Bundan avvalgi xabarlarda AYoQShda AI-92, AI-95 benzin markalari va dizel yoqilg‘isi sotilishi aytilgandi. Shoxobcha hududida minimarket va qahvaxona ham bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi «Lukoyl» AYoQShda Rossiyadan keltirilgan yoqilg‘i sotiladi