10:37 / 23.02.2017
12 849

O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda

O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda

«O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglamentni ishlab chiqdi, u ayni paytda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilinmoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.

U go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish zanjiridagi majburiy xavfsizlik talablarining asosiy ro‘yxatini belgilaydi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, umumiy texnik reglament tayyorlanadigan va import qilinadigan hayvon va parranda go‘shtlarining barcha turlari, kalla-pocha va ichak-chavoqlar, kolbasa mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat konservantlari va tarkibida go‘sht bo‘lgan boshqa mahsulotlar uchun amal qiladi.

«O‘zbekoziqovqatxolding» XKning rasmiy prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi 2020 yilga kelib, 28,8 foizga oshadi. Ushbu ko‘rsatkich 2016 yilda kishi boshiga 37,1 kilogrammni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 47,8 kilogrammga etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda