12:02 / 23.02.2017
6 252

Qozog‘iston elchisi Davlat raqobat qo‘mitasida bo‘ldi

Qozog‘iston elchisi Davlat raqobat qo‘mitasida bo‘ldi

Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Raisi D.Xidoyatov va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob E.Utembaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Uchrashuvda qo‘mita raisi Xususiylashtirish dasturi haqida, shuningdek korporativ boshqaruv va xususiylashtirish sohasidagi amaliyotga tadbiq etilayotgan yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Bular orasida bugungi kunda keng miqyosda amalga oshirilayotgan IPO dasturlari va investorlar huquqlarining to‘liq himoya qilish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Suhbat davomida taraflar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llari haqida fikr almashdilar. Xususiylashtirish dasturi mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi va unga o‘z mamlakatlarining ishchi doiralarini keng jalb qilish kerak ekanligi ta’kidlandi. Investorlar uchun qiziqarli sohalar sifatida kimyo sanoati, turizm, transport, qurilish materiallari, moliyaviy va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan bir qator aniq chora-tadbirlar, jumladan mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish, tashkil etilayotgan biznes forumlarda ishtirok etish, tadbirkorlarning ishchi safarlarini tashkil etish hamda istiqbolli loyihalarni tashkil etish orqali investorlarning qiziqishlarini uyg‘otish kabilar belgilab olindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozog‘iston elchisi Davlat raqobat qo‘mitasida bo‘ldi