Jizzax shahrida bir necha yillardan beri aholiga namunali avtotransport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan «Begali Trans Servis» MChJ tomonidan «Jizzax Best Avto» MChJ bilan tuzilgan shartnoma orqali 30 ta «Sam Avto» MChJda ishlab chiqarilgan SAZ HC 40 rusumli avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan edi, deb xabar beradi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Bugungi kunda esa 10 ta SAZ NS 40 rusumli avtobuslar olib kelindi. Korxona ushbu avtobuslarni «Ipoteka bank» Jizzax filialining 3 mlrd.100 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari evaziga xarid qildi.
Ushbu avtobuslarni Jizzax aholisi uzog‘ini yaqin qilish uchun shahar ichi yo‘nalishlariga joylashtirdi. Buning natijasida yana 20 ta malakali haydovchi ish bilan ta’minlandi.
«Begali Trans Servis» MChJ yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish huquqini beruvchi bosh litsenziyasiga asosan litsenziya varaqalari bilan ta’minlanib, bugungi kunda 1 sonli «Jizzax avtoshoxbekat-Qahramon mahallasi» shahar ichi yo‘nalishida aholiga namunali avtotransport xizmatini ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring