17:54 / 25.05.2015
9 849

O‘zbekiston Markaziy banki “Rossiya-24” telekanalidan raddiya talab qildi

O‘zbekiston Markaziy banki “Rossiya-24” telekanalidan raddiya talab qildi

O‘zbekiston Markaziy banki Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali mamlakatda valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborotning tarqatilishi yuzasidan bayonot e’lon qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz. U milliy regulyatorning rasmiy saytida joylashtirildi.

“Rossiya Federasiyasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali tarqatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborot yuzasidan bayon qilamizki, bu xabarlar uydirma va provokasiyadir, valyuta operasiyalariga hech qanday cheklovlar joriy qilinmagan”, – deyiladi hujjat matnida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, valyuta operasiyalarining o‘tkazilish hamda u bilan bog‘liq ravishda chet el valyutasining sotilishi yoki sotib olinishi hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, ayni kunlarda dollarning rasmiy kursi “Rossiya telekanali ko‘rsatganday” 5 000 so‘m emas, balki 2 527 so‘mni tashkil qilishi qayd qilindi.
Bunday axborotning tarqatilishini Markaziy bank “provokasiya va uydirma” deb baholab, bayonotning Rossiya ommaviy axborot vositalarida rasmiy raddiya sifatida chop etilishini talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Markaziy banki “Rossiya-24” telekanalidan raddiya talab qildi