12:59 / 29.05.2015
6 660

Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochadi

Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochadi

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat organlarining Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida sahifalarini yuritish masalalari muhokama qilindi, deb yozmoqda Kun.uz.

«Facebook va boshqa ijtimoiy maydonlarda sahifa yuritish bugungi kunda davlat organlari uchun katta ko‘mak bo‘lib hisoblanadi, chunki u OAVlar va umuman jamoatchilik uchun tezkor ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Facebook tarmog‘ida sahifa ochish orqali idora faoliyati haqida axborot tarqatish vazifasining bajarilishi ancha yengillashgan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda idora xizmatidan foydalanuvchilar bilan muloqot qilish va ularning qiziqishlariga qarab ish olib borish imkoniyati yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochadi