11:02 / 29.03.2017
6 146

Rossiya va O‘zbekiston mehnat vazirlari muzokaralar o‘tkazdi

Rossiya va O‘zbekiston mehnat vazirlari muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin bilan Moskvada muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi Daryo nashri.

Uchrashuv doirasida tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 1994 yil 9 sentyabrda imzolangan ishchilarga mayiblik, kasbiy kasallik yoki ularning sog‘lig‘iga etgan mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa zararlar uchun tovon puli olish huquqlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimning ijro etilishi ustidan monitoring o‘tkazish tartibini imzoladi.

Maksim Topilin ta’kidlashicha, monitoring jabrlanganlarga to‘lovlar o‘z vaqtida hisoblab berilishini ta’minlaydi.

Ikki mamlakat vazirlari O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy jalb etish haqidagi bitim loyihasini muhokama qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya va O‘zbekiston mehnat vazirlari muzokaralar o‘tkazdi