18:51 / 01.06.2015
8 051

«Buxoro» aeroporti MDH mamlakatlarining 2014 yildagi eng yaxshi aeroporti deb topildi

«Buxoro» aeroporti MDH mamlakatlarining 2014 yildagi eng yaxshi aeroporti deb topildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining «Samarqand», «Urganch» va «Buxoro» aeroportlari «Aeroport» fuqarolik aviasiyasi uyushmasining 2014 yil yakunlari bo‘yicha «MDH mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti» tanlovida sovrindor bo‘ldi. Bu haqda «UzAirways.com»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

«Samarqand» aeroporti 200 ming — 500 ming yo‘lovchi tashish hajmi bilan «Faollik va sobitqadamlik uchun» nominasiyasi bo‘yicha, «Urganch» aeroporti esa xuddi shu hajm bilan «Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» nominasiyasida taqdirlandi.

«Buxoro» aeroporti esa yashirin ovoz berish yo‘li bilan yiliga 200 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi aeroportlar orasida «MDH mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti» deb topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Buxoro» aeroporti MDH mamlakatlarining 2014 yildagi eng yaxshi aeroporti deb topildi