09:14 / 08.04.2017
12 648

Andijon shahar hokimi bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi


Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev bir guruh talabalar, faol va iste’dodli o‘quvchilar bilan uchrashdi, deb xabar beradi O‘zAga tayanib "Daryo.uz" nashri.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarning maqsad va intilishlarini rag‘batlantirish, muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish masalalariga qaratildi.

Tadbirda Andijon shahridagi «Cho‘lpon» kinoteatri o‘rnida barpo etilayotgan «Yoshlar markazi» eng zamonaviy texnologik vositalar, jihozlar bilan ta’minlanib, kelgusida yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashadigan maskanga aylanishi ta’kidlandi.

«‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan hujjat loyihasi muhokama qilindi. Loyihada harakat faollari uchun qator imtiyoz va imkoniyatlar berish belgilangani yoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi», — deyiladi O‘zA axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijon shahar hokimi bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi