15:35 / 29.04.2017
6 372

Toshkent shahar hokimi sog‘liqni saqlash tizimida 17 rahbarni ishdan oldi

Toshkent shahar hokimi sog‘liqni saqlash tizimida 17 rahbarni ishdan oldi
Joriy yilning 27 aprel kuni Toshkent shahar faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov olib bordi.

Unda 2017 yilning birinchi choragida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvardagi Hukumat majlisida belgilab berilgan vazifalar so‘zsiz bajarilishi uchun mahalliy boshqaruv organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi deb xabar beradi Qalampir.uz nashri.

Xususan, sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbarlarning 17 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, ularning o‘rni yuqori malakali, halol, pok, vijdonli, mas’uliyatli xodimlar bilan to‘ldirildi, 22 nafari rotasiya qilindi.

Tizimdagi o‘rganishlar natijarilariga ko‘ra, tibbiyot muassasalariga ajratilayotgan dori vositalari kamligi ma’lum bo‘ldi. Bu muammoni hal qilish uchun shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalari xarid qilishga ajratilayotgan mablag‘lar ikki barobar, ayrimlarida esa uch barobarga mahalliy byudjet hisobidan ko‘paytirildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida 1 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi. Hozirda 380 nafar kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama, 143 nafar oliy ma’lumotli shifokorlar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzildi. Mahallalar tomonidan yuborilgan 163 nafar fuqaroning 140 nafari ishga qabul qilingan.

Mavjud 60 ta oilaviy poliklinikaga aholiga malakali birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 120 dona Damas rusumli avtotransport vositasini berish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahar hokimi sog‘liqni saqlash tizimida 17 rahbarni ishdan oldi