16:07 / 21.06.2015
8 486

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilish komissiyalari o‘z ishini boshladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilish komissiyalari o‘z ishini boshladi

2015 yilning 20 iyunidan O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus vazirligida ma’lum qilinganidek, hujjatlarni qabul qilish 20 iyulgacha davom etadi.
Komissiyalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. O‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abiturient qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
- oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ta’lim yo‘nalishi, tili va o‘qish shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
- o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini bitirganlik haqidagi guvohnomaning asli;
- 086/U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat;
- abiturientning tanlovdan tashqari asosda o‘qishga qirish huquqini tasdiqlovchi xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalar g‘olibi bo‘lgani haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abiturientga harbiy qismdan uning o‘qishga kirishiga berilgan tavsiyanoma.
Pasport va harbiy majburiyat haqidagi hujjat shaxsan abiturient tomonidan taqdim qilinadi.
Qabul komissiya yuqoridagi hujjatlarning barchasi mavjud bo‘lganda abiturientni o‘qishga qabul qilishdan bosh torta olmaydi.
Abiturientlar imtihonlarni oliy ta’lim muassasasida tahsil oladigan tillarida topshiradilar. Test sinovlari 1 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilish komissiyalari o‘z ishini boshladi