17:34 / 17.05.2017
10 339

Prezidentimiz Guliston shahrida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi

Prezidentimiz Guliston shahrida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi
Sirdaryoga tashrifi davomida prezident Guliston shahrida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi.

«Mamlakatning barcha shaharlari qatori Guliston shahrida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 2015-2016 yillarda Guliston shahrining O‘zbekiston va Birlashgan ko‘chalarida 180 xonadonga ega 15 ko‘p qavatli uy qurildi. Uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga mo‘ljallangan», deyiladi O‘zA xabarida.

Prezident shu uylar joylashgan «Namuna» mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Mahalla raisi va faollari bilan muloqotda mamlakatda inson manfaatlarini ta’minlash, odamlarning turmush darajasi va ishonchini oshirish, mahalla idoralarining imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Mazkur mahalla profilaktika inspektori Sanjar Murodov yaqinda Guliston davlat universiteti talabasi Hurriyatxon bilan oila qurgan. Prezident joriy qilgan tizimga muvofiq yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan biri S.Murodov oilasiga berilgan.

Davlat rahbari Sanjar Murodov xonadonida bo‘ldi. Fuqarolar yig‘ini binosida mahalla raisi, maslahatchilar va profilaktika inspektori ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu erda Guliston shahrining bosh rejasi asosida amalga oshiriladigan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident bu inshootlarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Loyihalarni takomillashtirish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida, sifatli bajarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentimiz Guliston shahrida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi