08:49 / 20.05.2017
8 720

O‘zbekistonda o‘quv-kontrakt narxi qancha?

O‘zbekistonda o‘quv-kontrakt narxi qancha?
Shartnoma asosida tahsil olish uchun narxlar so‘nggi bor o‘tgan yili oshirildi. ITest blogi bugungi kunda O‘zbekiston OTMlarida ta’lim olish qanchaga tushishini xabar qildi, deb yozadi Kun.uz.

Ta’lim olishning eng arzon yo‘nalishlari sifatida pedagogika, sosiologiya, psixologiya, muhandislik ishi va ishlab chiqarish texnologiyalari, ijtimoiy ishlar, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish, sport faoliyati va qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklari bor. Bu yo‘nalishda tahsil olish uchun shartnoma qiymati 6,65 mln. so‘mga teng.

Shartnoma asosida o‘qiydiganlar uchun eng qimmat mutaxassisliklar sifatida jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy aloqalar, jahon siyosati, huquqshunoslik e’tirof etilgan. Bu yo‘nalishlarda ta’lim olish summasi 9,85 mln. so‘mga teng. Iqtisod, iqtisod va boshqaruv sohasidagi axborot va kommunikasiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim olish biroz arzonroq. Bu yo‘nalishlar talabalari 8,8 mln. so‘mlik shartnoma pulini to‘laydilar.

O‘zbekistonda shuningdek quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi ta’lim olish mumkin: san’atshunoslik (shartnoma – 3,11 mln. so‘m), muhandislik ishi va ishlab chiqarish texnologiyalari (2,2 mln. so‘m), kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasiya texnologiyalari (2,65 mln. so‘m).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘quv-kontrakt narxi qancha?