23:30 / 27.05.2017
7 286

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartishlar kiritildi

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatish va to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PQ-4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ixtiyoriy tugatish va to‘xtatish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 27 apreldagi PQ-630 sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ixtiyoriy tugatish va to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Vazirlik va idoralar bir oylik muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy aktlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.

3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 maydagi qaroriga berilgan ilovaga ko‘ra, Nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

1. 34-bandda:


beshinchi xat boshi quyidagi tahrirda izohlansin:

«bor bo‘lganda, korxona muhr va shtamplari;

ettinchi xat boshi olib tashlanadi;

sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xat boshilar ettinchi, sakkizinchi va o‘ninchi xat boshilar deb hisoblanadi.

2. 46-banddagi ettinchi xat boshi quyidagi tahrirda izohlanadi:

«bor bo‘lganda, korxona muhrlari va shtamplari».

3. 47-bandda:

«qayd etuvchi organ» so‘zlaridan keyingi ikkinchi xat boshi «kameral nazorat o‘tkazadi» so‘zlari bilan to‘ldiriladi;

uchinchi xat boshidagi «ikki hafta ichida» so‘zlari «hafta davomida» so‘zlari bilan alishtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartishlar kiritildi