15:31 / 28.06.2017
6 018

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlari assosiasiyasi va “Otamakon” (Qozog‘iston) milliy tadbirkorlar palatasi turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

Hujjat “Otamakon” milliy tadbirkorlar palatasi boshqaruvi raisi Yuliya Yakupbaevaning O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlar assosiasiyasi raisi Nabijon Qosimov bilan uchrashuvi yakuni bo‘yicha imzolandi.

Tomonlar qo‘shma turto‘plamlar va ikki davlatning diqqatga sazovor joylarini ilgari surish imkoniyati, turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari, transchegaraviy, tibbiy turizmni rivojlantirishni muhokama etishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida hamkorlik qiladi