O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvardan xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasportlar joriy etiladi. Chet elga chiqish ruxsatnomasi (stiker)ni rasmiylashtirish tartibi ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda tegishli farmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 16 avgust kuni imzolangan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Belgilanishicha, amalda qo‘llanilayotgan 2011 yil namunasidagi biometrik pasport fuqaroning shaxsi va fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi.
O‘zbekiston fuqarosi ushbu pasport bilan 2021 yilning 1 yanvariga qadar chiqish vizasi (stiker)ni rasmiylashtirish talab qilinmaydigan davlatlarga kirishi mumkin.
O‘zbekiston bilan viza tartibini o‘rnatgan mamlakatlarga chiqish uchun amaldagi biometrik pasportdan undagi xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stikerning muddati yakuniga qadar foydalanish mumkin.
Xorijga chiqish uchun biometrik pasportining davlat standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 1 dekabriga qadar tasdiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi